Kreml safarbarlikning ikkinchi to‘lqini boshlangani haqidagi ma’lumotni rad etdi
Muddatli harbiy xizmatchilarning yagona reestri to‘g‘risidagi qonun loyihasi safarbarlik bilan emas, balki harbiy ro‘yxatga olish bilan bog‘liq.
Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyada fuqarolarni harbiy ro‘yxatga olish bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasi yaratilishi haqida aytib o‘tdi.
Uning fikricha, tizimni modernizasiya qilish kerak.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, harbiy ro‘yxatga olish tizimini raqamlashtirish uning “barcha fuqarolar uchun tushunarli, tezkor, ma’lumotli va oson bo‘lishi” uchun zarur.
Shuningdek, Rossiya prezidentining matbuot kotibi, Kremlda yangi qonun loyihasining muhokamasi vahima va yangi emigrasiya to‘lqinini keltirib chiqarishi mumkin degan fikr yo‘qligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Peskov agar odamlarda savollar bo‘lsa, davlatning ham, deputatlarning ham vazifasi bu masalalarga oydinlik kiritish ekanligini ta’kidladi: “Shuning uchun siz faqat sabr-toqatli bo‘lishingiz kerak”.
Peskov shuningdek, qisman safarbarlikning ikkinchi to‘lqini ehtimoli yo‘qligini qo‘shimcha qildi.
