Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi

Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi


Tadbirkorlik sub’ektlariga biznesni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan kredit mablag‘lari ajratilmoqda.

Lekin, kreditni qaytarish majburiyatini o‘z vaqtida bajarmayotgan jamiyatlarning kredit qarzdorligini undirish majburiy ijro etish choralarini qo‘llagan holda amalga oshirilmoqda.

Masalan, Majburiy ijro byurosi Kegeyli tuman bo‘limi ish yurituvidagi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining qaroriga asosan “Gulleneber Xalqabad” MCHJdan AT «Xalq bank» foydasiga 1 mlrd. 525 mln. so‘m undirish belgilangan.

Qarzdorga ushbu ijro hujjati ijrosini ta’minlash haqida ogohlantirishlar berilgan va 1,5 mlrd so‘mlik qarz uchun unga tegishli bo‘lgan Kegeyli tumani, Xalqabad guzari ko‘chasida joylashgan qiymati 1,6 mlrd. so‘mlik bino Majburiy ijro byurosi Kegeyli tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda xatlovga olingan.

Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli, xatlangan ko‘chmas mulk elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarilgan.

O‘tkazilgan auksion savdolarida sotuvga chiqarilgan binoga xaridor topilmaganligi sababli ushbu mulk qarzdorlik evaziga AT «Xalq bank» balansiga joriy yilning 18-aprel o‘tkazib berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!