Kosta Ramosga: “Men senga Muhammad Saloh emasman” (video)

Kosta Ramosga: “Men senga Muhammad Saloh emasman” (video)

Evropa superkubogi doirasida bo‘lib o‘tgan “Real” hamda “Atletiko” o‘rtasidagi bahs ko‘plab qarama-qarshiliklarga boy bo‘ldi.

Chet el nashrlari mazkur o‘yinda Kosta — Ramos to‘qnashuviga e’tibor qaratdi. Ularning fikricha, Ramos Kostani ham xuddi Muhammad Saloh kabi to‘xtatishga uringan, ammo hujumchini zararsizlantira olmagan. O‘z navbatida Kosta ham bir necha marta Ramosni ayab o‘tirmadi.

O‘yin vaqtida Kosta Ramosga nimalardir deb gapirgandi. Chet OAVlari buni quyidagicha talqin qilishdi. Kosta Ramosga: “Men senga Muhammad Saloh emasman”.

Chindan ham superkubok bahsida Kosta “Real” himoyachilarini dog‘da qoldirishni uddaladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!