Kosmosga 20 ta noyob o‘simlik urug‘lari yuboriladi

Kosmosga 20 ta noyob o‘simlik urug‘lari yuboriladi

Korolev nomidagi Samara universiteti olimlari kosmik sharoitlarning tirik organizmlarga ta’sirini o‘rganish va Rossiya orbital stansiyasining xavfsizligini baholash maqsadida 2-sonli “Bion-M” orbital laboratoriyasi bortida koinotga jo‘natiladigan 20 turdagi noyob o‘simliklar urug‘ini tayyorladi. Bu haqda TASS agentligi yozgan.

“Universitetning botanika bog‘i mutaxassislari 2-sonli “Bion-M” orbital laboratoriyasi bortida tajribada ishtirok etish uchun koinotga yuboriladigan noyob o‘simliklar urug‘lari partiyasini tanlab oldilar”, — deyiladi universitet matbuot xizmati xabarida.

Rossiya va Samara viloyatining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklarning 20 turi tanlab olindi. Ular orasida 2013 yilda birinchi Bion-M laboratoriyasida koinotda bo‘lgan urug‘lardan yetishtirilgan o‘simliklarning urug‘lari ham bor.

Universitet botanika bog‘i mutaxassislari ta’kidlashicha, eksperimentning o‘ziga xosligi shundaki, uning ob’ekti tabiiy floraning noyob o‘simliklari urug‘lari hisoblanadi. Ular turli ta’sirlarga chidamli qishloq xo‘jaligi ekinlaridan farqli o‘laroq, birinchi marta koinotga yuboriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!