Koronavirusning NeoCoV shtammi paydo bo‘ldimi?

A A A
Koronavirusning NeoCoV shtammi paydo bo‘ldimi?

Xitoylik olimlar koronavirusning yangi turi - NeoCoV aholiga kirib borishi xavfi borligini ma’lum qildi. Uning paydo bo‘lishi avvalroq Janubiy Afrika Respublikasida qayd etilgan. Bu haqda "RIA Novosti" xabar tarqatmoqda.

«Ushbu viruslar tarqalishi va ularning odamlarga ta’sir qilish imkoniyatlarini hisobga olgan holda, diqqat bilan kuzatish kerak», — deyiladi bayonotda.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, virus inson tanasi bilan o‘zaro ta’sir qilish uchun ma’lum bir mutasiyaga muhtoj, shuning uchun hozirda virusning ushbu ko‘rinishi faqatgina ko‘rshapalaklargagina tahdid solmoqda.

Shuningdek, tadqiqot hozirda faqatgina taxminiy holatda ekanligi ko‘rsatilgan: kelajakda buni ekspertlar kuzatishlari kerak.

Avvalroq JSSTning Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Xans Klyuge COVID-19 pandemiyasi omikron-shtammidan keyin tugashi mumkinligini aytib o‘tgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!