Koronavirusga ko‘proq kim chalinmoqda: erkaklarmi yoki ayollar?​​​​​​​

Koronavirusga ko‘proq kim chalinmoqda: erkaklarmi yoki ayollar?​​​​​​​

Italiya statistikasi shuni ko‘rsatadiki, erkaklar koronavirus bilan ayollarga qaraganda ko‘proq kasallanishyapti. Ular bemorlarning 60 foizini tashkil qiladi.

Bundan tashqari, Italiya milliy sog‘liqni saqlash instituti ma’lumotlariga ko‘ra, vafot etganlarning 70 foizi ham erkaklardir. Janubiy Koreya, Xitoy, Fransiya, Germaniya, Eron, Germaniyada ham xuddi shu holat.

Bundan tashqari, "eski" SARS va MERS koronaviruslari ham, ko‘proq erkaklarni “o‘lja olishgan”.

Tadqiqotchilar ayollarning virusli infeksiyalarga nisbatan immuniteti kuchli ekanligini tan olishdi. Bu ayollarda paydo bo‘lgan bola tug‘ishdagi avlod saqlanishi uchun immunitetning kuchayishidir. Balki sodda qilib erkaklarning xavfli hayot tarzi bilan ham tushuntirsa bo‘lar.

O‘lganlarning aksariyati turli kasalliklar "guldasta"sidan azob chekkanlar: gipertenziya, yurak-qon tomir kasalliklari, bronxit.

"Erkaklar umri davomida sog‘lig‘iga zararli bo‘lgan xatti-harakatlarga moyil bo‘ladi", deydi Global Health 50/50 sog‘liqni saqlash direktori, professor Sara Xoukis.

Afsuski, shunday.

Xitoyda 316 million chekuvchilarning atigi uch foizini ayollar tashkil etadi. Italiyada 7 million erkak va 4,5 million ayol chekishadi. Shuning uchun ham zararli odatlari bo‘lgan bemorlarga o‘pkani sun’iy nafas oldirish ikki baravar ko‘proq talab etilgani bejiz emas.

Italiyalik va xitoylik erkaklar ham yuqori qon bosimi va 2-toifa diabetdan aziyat chekishadi. Bu esa COVID-19 uchun bu oson o‘lja...


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!