Koronavirusdan nega aynan Italiyada eng ko‘p odam o‘lgani aytildi

Koronavirusdan nega aynan Italiyada eng ko‘p odam o‘lgani aytildi

Italiya sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirusga chalinganlarda o‘lim holati ko‘pligining sababi sifatida qishning iliq kelganligi uchun shamollash (gripp) mavsumi oson o‘tgani bilan izohladi. Bu haqda Italiya epidemiologlar assosiasiya jurnalida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, shamollash tufayli bu mavsumda avvalgilarga qaraganda kamroq odam vafot etgan. Mamlakat shimolidagi farq 6 foizni. markazidagi farq esa 3 foizni tashkil qilgan.

Shu sababli, shamollash mavsumidan oson o‘tib olgan 65 yoshdan katta insonlar koronavirus pandemiyasiga chalinishi ehtimoli yuqori bo‘lgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirusdan kasallanganlar 110 mingdan oshib ketgan, vafot etganlar esa 13 155 kishini tashkil qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!