Koronavirusdan “foyda ko‘radigan” mamlakat ma’lum bo‘ldi

Koronavirusdan “foyda ko‘radigan” mamlakat ma’lum bo‘ldi

Germaniya iqtisodiyoti pandemiyadan keyin gullab-yashnaydi, o‘zining kuchli tomonlarini namoyish eta olgan mamlakat Xitoy va AQShdan farqli o‘laroq, koronavirusdan foyda olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bu haqda “The New York Times” gazetasi yozmoqda.

Qayd etilishicha, AQSh va Xitoy juda katta qarzlarga botishgan, Germaniya esa oz.

Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, yaxshi ishbilarmonlik obro‘si nemis eksportini jahon savdosining pasayishi fonida himoya qila oladi. Vaholanki, Germaniya ishchilarining aksariyati to‘liq bo‘lmagan ish vaqtidagi tizim tufayli ish joylari hamda haqlarini saqlab qolishgan - kompaniyalar to‘liq bo‘lmagan ish joylarini saqlab qolganligi uchun davlatdan to‘lovlar olishgan.

“Germaniya inqirozga byudjetning profisiti bilan kirdi, rasmiylar oilalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlarni amalga oshirdi, soliqlarni kamaytirdi, korxonalarga kreditlar berdi, yordamlarning umumiy hajmi YAIMning 55 foizini tashkil etdi. Shuningdek, mamlakat qo‘shni Yevropa davlatlariga moliyaviy yordam ko‘rsatishga rozi bo‘ldi. Boshqa ko‘plab mamlakatlardan farqli o‘laroq, Germaniya barcha tang vaziyatlarni yengishga qodir”, deb yozadi gazeta.

Pandemiya oqibatida mamlakat yalpi ichki mahsulotining 2020 yilda 6,3 foizga qisqarishi kutilmoqda. Birinchi chorakda iqtisodiyot 2019 yilning so‘nggi uch oyiga nisbatan 2,2 foizga tushdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Germaniya tovarlariga talabning tiklanish sur’ati hal qiluvchi bo‘ladi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!