Koronavirus: qancha o‘zbekistonlik Xitoydan qaytdi?

Koronavirus: qancha o‘zbekistonlik Xitoydan qaytdi?

15 yanvar kuni O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasida tuzilgan Maxsus shtab ko‘magida 2,5 ming nafarga yaqin vatandosh Xitoydan O‘zbekistonga qaytib keldi.

Elchixona tomonidan Kun.uz`ga berilgan ma’lumotga ko‘ra, hozirda ham maxsus shtab a’zolari XXR hududida bo‘lib turgan vatandoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

«Ayni kunlarda ham Maxsus shtabga murojaat qilayotgan o‘zbekistonlik talabalarga tezkorlikda konsullik-huquqiy ko‘mak va ma’naviy-ruhiy yordamlar ko‘rsatilmoqda», – deyiladi O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi axborotida.

Ma’lumot uchun, 16-26 mart kunlari 20ta charter reys amalga oshirilgan, ular orqali Rossiya, Turkiya, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Misr, Malayziya, Hindiston, Tailand, Indoneziya va Germaniyadan 4 mingga yaqin fuqaro olib kelingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!