Koronavirus: Kiyevda ertadan jamoat transporti to‘xtatiladi

Koronavirus: Kiyevda ertadan jamoat transporti to‘xtatiladi

Kiyevda jamoat transporti harakati 22 martdan boshlab to‘xtatiladi. Bu haqda Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov ma’lum qildi, deb yozadi "Ukraina haqiqati".

Cheklovlar favqulotda vaziyatlar xodimlari, dorixonalar, oziq-ovqat do‘konlaridan tashqari hamma uchun amal qiladi. Kiyev shahar ma’muriyati bu ma’lumotni hali tasdiqlamadi. Biroq Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichko Kiyev aholisiga murojaat qildi.

Avakov oldinroq Ukrainada koronavirus tarqalishi munosabati bilan yangi qattiq cheklov choralari ko‘rilishini aytgandi. U "total karantin" joriy qilinishini talab qilgan, Ukraina hukumati buni ko‘rib chiqmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 41 kishi koronavirusga chalingan, 3 kishi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!