Koronavirus! Bir guruh shifokorlar aviahalokat qurboni bo‘lishdi

Koronavirus! Bir guruh shifokorlar aviahalokat qurboni bo‘lishdi

“Manila” xalqaro aeroportida “Lion Air” samolyotining qulashi natijasida yuz bergan fojia sabab kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi “Sinxua” axborot agentligi.

Ta’kidlanishicha, Yaponiyaga yo‘l olgan samolyot parvoz paytida qulab tushgan.

“Philippine Daily Enquirer” xabariga ko‘ra, samolyotda davolanishi kerak bo‘lgan Kanada fuqarosi, shuningdek, yana bir yo‘lovchi hamda olti ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokat sababi uchish-qo‘nish yo‘lagidagi yong‘in bo‘lgan.

Qayd etilishicha, samolyotda bundan tashqari koronavirusga qarshi kurashish uchun olib ketilayotgan bir guruh shifokorlar, tibbiy niqoblar hamda dori-darmonlar ham bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!