APL. «Man Siti» «Tottenxem» maydonida tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardi
«Manchester Siti» APLning 24-turida safarda «Tottenxem» bilan durang o‘ynadi — 2:2.
Uchrashuvda hisob 11-daqiqada «shaharliklar» yarim himoyachisi Rayan Sherki tomonidan ochildi. 44-daqiqada Antuan Semenyo mehmonlar ustunligini ikkitaga oshirdi.
53-daqiqada «Tottenxem» hisobni qisqartirdi — «Siti»ning yangi futbolchisi Mark Gexi to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. 70-daqiqada esa londonliklar Dominik Solankening «chayon» zarbasi orqali hisobni tenglashtirdi.
Abduqodir Husanov ushbu bahsda asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakat qildi.
«Manchester Siti» 47 ochko bilan APLda ikkinchi o‘rinda qolmoqda va «Arsenal»dan 6 ochkoga ortda bormoqda.
«Tottenxem» esa 29 ochko bilan turnir jadvalida 14-o‘ringa ko‘tarildi.
Tottenxem - Manchester Siti - 2:2
Gollar: Sherki, 11 (0:1). Semenyo, 44 (0:2). Gexi, 53 - avtogol (1:2). Solanke, 70 (2:2)
Tottenxem: Vikario, Udodji, Dregushin, Romero (Sarr, 46), Grey, Bissuma (Odober, 68), Palinya, Gallaxer, Simons, Solanke (Bayfild, 90), Kolo Muani (Tel, 68)
Manchester Siti: Donnarumma, O`Rayli, Gexi, Husanov, Mateus Nunes, Rodri (Marmush, 90), Ait Nuri (Gonsales, 70), Bernardu Silva (Foden, 88), Sherki (Reynders, 69), Semenyo, Xoland
Ogohlantirishlar: Bissuma, 11. Simons, 38. Solanke, 48 - Husanov, 21. Rodri, 45. Gonsales, 90
