Koreya yil oxirigacha AQSh bilan muzokaralarni to‘xtatadi

Koreya yil oxirigacha AQSh bilan muzokaralarni to‘xtatadi

KXDR tashqi ishlar elchisi Kim Men Gil AQSh vakillari bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganini e’lon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hukumati davlatlar o‘rtasidagi muzokaralar kelajagi uchun javobgardir. Muzokaralarda AQSh tomonidan KXDR bo‘yicha AQSh maxsus vakili Stiven Bigen qatnashdi.

Ta’kidlanishicha, muzokaralar Stokgolmda bo‘lib o‘tgan. KXDR va AQSh vakillarining uchrashuvidan maqsad AQShning 2018 yil iyun oyida Singapurda bo‘lib o‘tgan birinchi sammiti – KXDR bilan erishilgan kelishuvni amalga oshirishni ilgari surish edi.

–AQSh muzokaralar stoliga hech narsa qo‘ymaganidan hafsalamiz pir, – dedi Gil.

Shimoliy Koreya delegasiyasi rahbari mamlakatlar o‘rtasidagi keyingi muzokaralar 2019 yil oxirigacha to‘xtatilganini qo‘shimcha qildi va Amerikaga o‘z pozisiyasini ko‘rib chiqishni maslahat berdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!