“Kinochilar uyi” “O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi” deb qayta nomlandi

“Kinochilar uyi” “O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi” deb qayta nomlandi

Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda mamlakatimiz tarixiga bag‘ishlangan filmlar turkumini yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qaroriga muvofiq, Kinematografiya agentligiga mahalliy va xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlik (co-production) asosida “Tirik tarix” dasturi doirasidagi filmlarni yaratishga ruxsat berildi.

Shuningdek, “Kinochilar uyi” “O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi” deb qayta nomlandi.

O‘zbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi qoshida kinematografiya sohasi uchun o‘rta maxsus mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash maktabi (kinomaktab) tashkil qilinadi.

Respublikadagi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarida, o‘rta maktablarda kinolektoriylar, tuman (shahar)larda joylashgan madaniyat markazlarida milliy filmlarning bepul namoyishlari tashkil etiladi.

Bunda, ushbu namoyishlar Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi huzuridagi axborot-multimedia striming platformasi (uzbekkino.uz) orqali amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!