Kimlarga gilos iste’mol qilish tavsiya etilmaydi?

Kimlarga gilos iste’mol qilish tavsiya etilmaydi?

Gilos allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin, shu bois allergiyaga moyil bo‘lgan odamlar uni iste’mol qilmasliklari kerak. Bu haqda diyetolog Mixail Ginzburg aytib o‘tdi.

Shifokor gilos oshqozon shilliq qavatini qo‘zg‘atishini, shuning uchun bu meva oshqozon yarasi va gastrit bilan og‘rigan bemorlarga tavsiya etilmasligini ta’kidladi, deb xabar beradi aif.ru.

“Jiddiy bo‘lmagan holatlarda yeyish mumkin, biroq me’yorga rioya qilgan holda. Semizlikdan aziyat chekayotgan va qandli diabetga chalinganlar uni oz miqdorda iste’mol qilishi kerak”, dedi shifokor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!