Kim Chen In: "Shimoliy Koreya ulkan zarbaga uchradi"

Kim Chen In: "Shimoliy Koreya ulkan zarbaga uchradi"

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In «mamlakat mustaqillikka erishganidan beri eng katta zarbaga uchraganini» ma’lum qilgan. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma’lumot bergan.

«Birinchi rahbarning ta’kidlashicha, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan bog‘liq vaziyat jiddiy bo‘lsa-da, bu xavfli yuqumli kasallikning mamlakatimizda tarqalishini uning paydo bo‘lganidan buyon eng katta zarba deb atash mumkin, biroq biz uni yengib o‘ta olamiz. Agar virusga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishga e’tiborimizni yo‘qotmasak, tashkilotchilik va nazoratni saqlab qolamiz, infeksiyaga qarshi kurashni kuchaytiramiz», — deyiladi xabarda.

Agentlik xabarida ko‘ra, Shimoliy Koreyada jami 826 ming kishi isitma bilan ro‘yxatga olingan, ulardan 600 mingga yaqini allaqachon tuzalgan.

Koronavirus infeksiyasi haqida mamlakatda 12 mayga kelib rasman ma’lumot berilgan, Kim Chen In ilk bor omma oldida tibbiy niqob bilan ko‘rinish bergan.

Avvalroq berilgan ma’lumotga ko‘ra, bu mamlakatda ayni paytda COVID-19 bilan kasallangan 18 mingdan ortiq bemor qayd etilgan, 6 kishi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!