Kim Chen In KXDR iqtisodiyoti muvaffaqiyatsizlikka uchraganini e’lon qildi

Kim Chen In KXDR iqtisodiyoti muvaffaqiyatsizlikka uchraganini e’lon qildi

Kim Chen In kutilmaganda deyarli barcha sohalarda KXDR iqtisodiyotining muvaffaqiyatsizlikka uchraganini e’lon qildi.

Shimoliy Koreya rahbari bu haqda Mehnat partiyasining qurultoyi vaqtida aytib o‘tdi.

Davlat rahbarining ta’kidlanishicha, o‘tgan yil oxiriga qadar amalga oshirilishi kerak bo‘lgan rejalar amalga oshmay qolgan.

Kimning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat o‘z kuchlari asosida iqtisodiyotni mustahkamlashi kerak. Iqtisodiy rivojlanishning navbatdagi besh yillik rejasi tez orada qabul qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!