Kim Chen In Janubiy Koreyani bosib olishga tayyorligini ma’lum qildi

Kim Chen In Janubiy Koreyani bosib olishga tayyorligini ma’lum qildi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning aytishicha, KXDR Janubiy Koreyani o‘zining asosiy dushmani deb bilishda davom etmoqda va kerak bo‘lsa, uni qayta egallashga qodir:

"Yaqinda partiyamiz va hukumatimiz xalqimizning bo‘linishi va qarama-qarshiligi tarixini sarhisob qildi. Janubiy Koreya qo‘g‘irchoqlarini mamlakatimizning eng zararli va doimo asosiy dushmani sifatida aniqlash va favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ularning hududini bosib olishga qaror qilish milliy siyosat sifatida mamlakatimizning abadiy xavfsizligi, kelgusida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashning oqilona chorasidir ”

Bir muddat avval Kim Chen In Shimoliy va Janubiy Koreyani tinch yo‘l bilan birlashtirish varianti endi ko‘rib chiqilmayotganini aytgan edi. U janubiy qo‘shnini KXDRning asosiy dushmani sifatida tan olish, bu mamlakat aholisini vatandosh demaslik, Janubni kuch bilan egallash mumkin, deb hisoblash taklifi bilan chiqdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!