Kiyevdagi Rossiya elchixonasi oldida Rossiya bayrog‘i yoqib yuborildi

Kiyevdagi Rossiya elchixonasi oldida Rossiya bayrog‘i yoqib yuborildi

Konstitusiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha ovoz berish bo‘lib o‘tayotgan Kiyevdagi Rossiya elchixonasi oldida noma’lum shaxslar Rossiya bayrog‘ini yoqib yuborishdi.

Bu haqda Rossiya diplomatik vakolatxonasi matbuot xizmati xabar qildi.

«Hozirgina noma’lum shaxs elchixona yonida Rossiya bayrog‘ini yoqmoqchi bo‘ldi. Yoqdiyu qochdi. U hibsga olinmadi», - deyiladi xabarda.

Elchixonaning ma’lum qilishicha, Moskva vaqti bilan soat 10.00 atrofida o‘nga yaqin kishi 10 daqiqa davomida banner bilan turganidan keyin kichik piket uyushtirgan.

Diplomatlarning aytishicha, polisiya va Ukraina milliy gvardiyasi tomonidan elchixona xavfsizligini ta’minlash ishlari kuchaytirilgan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!