Kiyevdagi metro bekati yonida portlash sodir bo‘ldi

Kiyevdagi metro bekati yonida portlash sodir bo‘ldi

Ukraina poytaxti Kiyev shahridagi “Shulyavskaya” metro bekati yonida portlash sodir bo‘ldi. Taqdim etilgan so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, portlash oqibatida 4 kishi jarohatlangan. Bu haqda Ukraina milliy polisiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Polisiya bergan ma’lumotga ko‘ra, portlash “Shulyavskaya” metro bekatiga kirishda sodir bo‘lgan. Voqea joyiga zudlik bilan polisiya bo‘linmalari, tezkor-qidiruv guruhlar, portlovchi moddalar mutaxassislari, kinolog va boshqa xizmat xodimlari yetib borgan.

“Tezkor-qidiruv guruhi tomonidan portlash chiqindi tashlash qutisida sodir bo‘lgani aniqlandi”, deya xabar berdi polisiya matbuot xizmati. Voqea bezorilik sifatida baholanmoqda.

Metro matbuot xizmatining xabar berishicha, stansiyaning oynalari shikastlangan.

"Metro odatdagidek ishlaydi. Vokzal yo‘lovchilar uchun ochiq", - deyiladi “Facebook” xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!