Keniya prezidenti harbiylarga mamlakatdagi tartibsizliklarni bostirishni buyurganini ma’lum qildi

Keniya prezidenti harbiylarga mamlakatdagi tartibsizliklarni bostirishni buyurganini ma’lum qildi

Mamlakat parlamenti soliqlarni oshirishga qaror qilganidan so‘ng namoyishchilar parlament binosiga bostirib kirishdi. Namoyishchilar hukimatdan mamlakatdagi og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilashni talab qilishmoqda.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, bir necha kundan buyon davom etayotgan namoyishlar chog‘ida allaqachon 8 kishi halok bo‘lgan, 200 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Keniya prezidenti Uilyam Ruto harbiylarga mamlakatdagi tartibsizliklarni bostirishni buyurganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!