Kelgusi yil 5 ta fandan test topshirish qanday bo‘ladi?
Davlat test markazi kelgusi yilgi kirish imtihonlarida 5 ta fandan test topshirishga oid loyihani muhokama uchun e’lon qildi.
Unga ko‘ra, tartib quyidagicha bo‘lishi rejalashtirilmoqda:
Majburiy fanlar:
Ona tili - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;
Matematika - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;
O‘zbekiston tarixi - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 94.5 ball.
Ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar:
1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan;
2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 186 ball.
Majburiy fanlar bo‘yicha abituriyentlarga beriladigan savollar birinchi murakkablik darajasidagi savollar bo‘lib (ya’ni eng oson savollar), ularga javob uchun - ona tili va O‘zbekiston tarixi fanlaridan 1 daqiqagacha, matematika fanidan - 1,5 daqiqagacha vaqt ajratilishi mo‘ljallangan.
Test topshiriqlariga javob berish hamda javoblarni javoblar varaqasiga ko‘chirish bilan birga test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratilishi taklif etilmoqda. Shunda asosiy blokdagi 2 ta fan uchun jami 2 soat vaqt beriladi.
Davlat test markazi ushbu loyiha bo‘yicha fikr-mulohazalar va takliflarni @dtmga_murojaat_bot orqali yuborishni so‘ramoqda.