Avvalroq urush tugashi yaqin degan Tramp Hormuz bo‘g‘ozida minalarga qarshi operasiyasini kuchaytirmoqda
Hormuz bo‘g‘ozida AQSh dengiz floti Eron tomonidan joylashtirilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan potensial dengiz minalarini aniqlash va zararsizlantirish bo‘yicha operasiyalarni kuchaytirdi.
Bu haqda Politico nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, mintaqada o‘ndan ortiq AQSh harbiy kemalari, yana bir nechtasi Yaqin Sharqqa yo‘l olgan.
Fors ko‘rfazidagi yuk tashishni kuzatishdan tashqari, ular yer usti kemalari, vertolyotlar va suv osti dronlari yordamida dengiz minalarini qidirish va yo‘q qilish operasiyalarida ham ishtirok etmoqda.
Nashrning xabar berishicha, Eron yaqinda bo‘lib o‘tgan harbiy kampaniya natijasida yo‘qotishlarga qaramay, dengiz minalarining katta zaxirasini saqlab qolgan. Vaziyatdan xabardor manbaning so‘zlariga ko‘ra, bu minalarning ba’zilari allaqachon suvlarga joylashtirilgan bo‘lishi mumkin.
Xabar qilinishicha, hatto minalar tahdidi ham bo‘g‘oz orqali tijorat yuk tashishlarining keskin kamayishiga olib kelgan va energiya bozorlarida keskinlikni keltirib chiqargan. Agar savdo kemasi yoki tanker shikastlansa, vaziyat yanada murakkablashishi va transportning to‘liq to‘xtashiga olib kelishi mumkin.
CENTCOM qo‘mondoni admiral Bred Kuperning so‘zlariga ko‘ra, AQSh dengiz transporti uchun yangi xavfsiz yo‘nalishni ishlab chiqishni allaqachon boshlagan, bu yo‘nalish yaqin orada sanoat vakillariga erkin savdo oqimini ta’minlash uchun taqdim etiladi.
Mutaxassislar minalarni qidirish operasiyasi juda qiyinligicha qolmoqda, chunki suvlarning ayrim hududlari tozalangandan keyin ham ular yana minalashtirilishi mumkin.
Minalarni aniqlash uchun AQSH, boshqa narsalar qatori, dengiz tubida va suv ustunida ob’ektlarni aniqlashga qodir sonar tizimlari bilan jihozlangan Knifefish va Kingfish suv osti uchuvchisiz transport vositalaridan foydalanadi.
Ommaviy ma’lumotlar va kema kuzatuvchilari ma’lumotlariga ko‘ra, ikkita Avenger sinfidagi minalarga qarshi choralar kemasi - USS Chief va USS Pioneer allaqachon Yaqin Sharqqa yo‘l olmoqda. Bundan tashqari, Bahraynda joylashgan minalarga qarshi choralar tizimlari bilan jihozlangan qirg‘oqbo‘yi jangovar kemalari tez orada mintaqaga qaytishi mumkin.
2200 dengiz piyodasini olib ketayotgan Boxer Amphibious Ready Group ham Yaqin Sharqqa yo‘l olmoqda. Ushbu kuchlar yetib kelgandan so‘ng, mintaqadagi AQSh dengiz flotining mavjudligi 20 ta kemadan oshishi mumkin.
Shu bilan birga, AQSh prezidenti Donald Tramp ilgari urush "tugashga juda yaqin" deb hisoblashini aytgan edi.
