Keksayishni sekinlashtiruvchi birikma aniqlandi

Keksayishni sekinlashtiruvchi birikma aniqlandi

Shokolad, choy kofe va vinoning tarkibidagi gidroxinonning ruhli birikmasi insondagi keksayish jarayonini sekinlashtiradi. Germaniyaning Erlangen-Nyurnberg universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot natijasini Phys.org portalida e’lon qilgan mutaxassislarning ta’kidlashicha, ruh inson tanasidagi oksidlanish ortishiga, nafas olish jarayonida hujayralardagi superoksid paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi gidroxinonlarni faollashtiradi. Superoksid esa biomolekulalarga zarar keltiradi, deydi olimlar. 

Eslatib o‘tamiz, amerikalik olimlar oktyabrda ketogen diyeta keksayish jarayonini sekinlashtirishini kashf qilgandi.

Manba: O‘zA​​


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!