Kechgi tabassum!.. (13-qism)

Kechgi tabassum!.. (13-qism)

Talaba doskaga chiqib aylana chizdi. Aylana shu qadar to‘g‘ri chizildiki, professor undan so‘radi:

— Juda chiroyli chizarkansan. Qayerda o‘rgangansan?

— Armiyada oshpazlik qilganman. Ikki yilgacha go‘sht qirqadigan uskunani aylantirganman.

 

* * *

 

O‘g‘ri o‘g‘liga dedi:

— Agar yana bir marta mening katmonimdan pul o‘g‘irlab barmoq izlaringni qoldiradigan bo‘lsang, o‘ldiraman!

 

* * *

 

Besh yashar bolakay onasi bilan supermarketga kirdi. Unga ko‘zi tushgan sotuvchi dedi:

— Voy mana bu bolaning shirinligini! Bor, hov anavi giloslardan ikki qo‘lingga siqqanicha ol!..

Eshmat indamay turavergach, sotuvchining o‘zi unga bir siqim gilos olib kelib berdi. Tashqariga chiqishgach, onasi undan so‘radi:

— Nega giloslarni o‘zing borib ola qolmading?

— Sotuvchining qo‘llari menikidan ancha katta-da!

 

* * *

 

Ma’lumotlarga qaraganda, afrikalik qizlarning orzulari sal boshqacharoq bo‘larkan.

Ular qora otda oq shahzoda kelishini orzu qilisharkan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!