Kecha O‘zbekistonda 500 ga yaqin odamda koronavirus aniqlandi. Bu yangi antirekord

Kecha O‘zbekistonda 500 ga yaqin odamda koronavirus aniqlandi. Bu yangi antirekord

2021 yil 30 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 91250 (+442) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
– 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
– 6 nafari Andijon viloyatida,
– 10 nafari Jizzax viloyatida,
– 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
– 4 nafari Navoiy viloyatida,
– 5 nafari Namangan viloyatida,
– 53 nafari Samarqand viloyatida,
– 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
– 6 nafari Surxondaryo viloyatida,
– 19 nafari Farg‘ona viloyatida,
– 2 nafari Xorazm viloyatida,
– 60 nafari Toshkent viloyatida,
– 259 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 nafar,
– Buxoro viloyatida 9 nafar,
– Jizzax viloyatida 10 nafar,
– Navoiy viloyatida 2 nafar,
– Samarqand viloyatida 31 nafar,
– Surxondaryo viloyatida 4 nafar,
– Farg‘ona viloyatida 6 nafar,
– Toshkent viloyatida 47 nafar,
– Toshkent shahrida 125 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 87313 (+246) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 650 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3287 nafar bemor davolanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!