"Kazatomprom" Xitoy atom elektr stansiyasi uchun yadro yoqilg‘isini yetkazib berdi

"Kazatomprom" Xitoy atom elektr stansiyasi uchun yadro yoqilg‘isini yetkazib berdi

"Kazatomprom" milliy aksiyadorlik kompaniyasi Xitoy atom elektr stansiyasi uchun yadro yoqilg‘isining birinchi partiyasini yetkazib berdi.

30 tonnadan ortiq past boyitilgan uran bo‘lgan yoqilg‘i agregatlaridan iborat 34 ta konteyner Xitoydagi atom elektr stansiyalariga yetkazildi. Yakuniy foydalanuvchi Xitoyning CGNPC-URC yadro korporasiyasi hisoblanadi.

Eksport qilinadigan yoqilg‘i "Ulba-TVS" zavodida, radioaktiv material esa yiliga 200 tonna past boyitilgan uran ishlab chiqaradigan Ulba metallurgiya zavodida qayta ishlandi. Ishlab chiqaruvchi xitoylik hamkorlar bilan 20 yillik shartnoma imzoladi.

"Tayyor mahsulotlarning birinchi partiyasi yoqilg‘ini muntazam yetkazib berishga asos bo‘ldi. Bu nafaqat korxonalarimiz, balki Qozog‘iston va Xitoy uchun ham atom stansiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega", — dedi Ulba metallurgiya zavodi boshqaruvi raisi Sergey Bejeskiy.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!