Kasbida sodir bo‘lgan mudhish yo‘l transport hodisasi 7 kishini hayotdan olib ketdi

Kasbida sodir bo‘lgan mudhish yo‘l transport hodisasi 7 kishini hayotdan olib ketdi

Qashqadaryo viloyati Kasbi tuman Toshqo‘rg‘on mahallasi hududidan o‘tuvchi 4r-92 “Qarshi-Talliqo‘rg‘on-Kasbi-Jeynov” avtomobil yo‘lining 26 km.da joriy yilning 8 may sanasida mudhish oqibatli yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.
 
Yo‘l tartibsiz harakatni xush ko‘rmaydi. Bu mazkur YTHda ham o‘z isbotini topdi. Oxirgi yillarda sodir bo‘lgan og‘ir oqibatli YTHlardan biri bo‘ldi.

Harakat qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, katta tezlikda kelayotgan “VAZ 21-01”avtomashinasi va yo‘lning qarama-qarshi tomonidan katta tezlikda harakatlanayotgan “Neksiya” avtomashinasi bir-biri bilan to‘qnashadi. 8 may kuni tungi soat 22:10 da sodir bo‘lgan ushbu avtohalokat bir yo‘la 7 kishining umriga yakun yasadi. Yana ikki nafari shifoxona to‘shagida hayot uchun kurashmoqda.

Eng achinarlisi vafot etganlarning ikki nafari go‘daklar biri 1 yoshli yana biri esa 4 yoshli. Qolganlari hali qirq yoshga ham yetmagan shaxslar edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!