Karantin! Samarqandda YPX xodimlaridan qochgan haydovchi baxtsiz hodisaga yo‘liqdi

Karantin! Samarqandda YPX xodimlaridan qochgan haydovchi baxtsiz hodisaga yo‘liqdi

Joriy yilning 7 aprel kuni Samarqand tumanining Yuqori Qaynama MFY, ya’ni, sobiq Fotima Qosimova xo‘jaligi hududidan shaharga kiruvchi yo‘ldan harakatlanib kelayotgan 30 O 745 TA davlat raqam belgili “Damas” avtomashinasi 24-to‘siq postda to‘xtatilib tekshirilganda, transport vositasi haydovchisi Samarqand shahar hududiga kirish uchun aniq sabab topa olmasada kirishga uringanligi ma’lum bo‘lgan.

Transport vositasi haydovchisi uni to‘xtatishga uringan YPX inspektorlariga chap berib, o‘tish uchun tezlik bilan harakatlana boshlagan. Natijada, haydovchi avtomashina muvozanatini yo‘qotib, yon tomonida bo‘lgan “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasiga urilgan.

Mazkur huquqbuzarga Samarqand tumani Ma’muriy sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 54-moddasi 2-qismi hamda 194, 195-moddalari asosida 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!