Kappadokiya haqida qiziqarli faktlar
![Kappadokiya haqida qiziqarli faktlar Kappadokiya haqida qiziqarli faktlar](/photos/news/Gh25idENsWkwKz2.jpeg)
Kappadokiya markaziy Onado‘li mintaqasida joylashgan, tabiiy go‘zalliklari va tarixiy binolari, qoyalari bilan mashhur hududdir. Kappadokiyaning tarixi miloddan avvalgi 3000 yillarga borib taqaladi. Ma’lum bo‘lishicha, odamlarining ilk manzilgohi paleolit davriga to‘g‘ri keladi. Xetlar, frigiyaliklar, ossuriyaliklar, forslar, vizantiyaliklar, rimliklar va 1072 yildan keyin turk qabilalari kabi ko‘plab sivilizasiyalarga mezbonlik qilgan. Kappadokiya juda qadimiy va chuqur tarixga ega.
Kappadokiyada yuzlab yer osti shaharlari mavjud
Kappadokiya 200 ga yaqin yer osti shaharlari joylashgan hududlardan biridir. Turli o‘lchamdagi yer osti shaharlarining ayrimlari 30 ming kishini sig‘dira oladi. Kappadokiya hududi o‘tmishda tez-tez hujumlarga duchor bo‘lganligi sababli, xavf-xatar paytida aholini xavfsiz boshpana bilan ta’minlash maqsadida yer osti shaharlari qurilgan.
Kappadokiyada 600 ga yaqin cherkov mavjud
Hududda o‘rta asrlarga oid qoyalarga o‘yib qurilgan 600 ga yaqin cherkov bor. Devorlari yozuv va suratlarga to‘la bu cherkovlar turli mavjudotlardan qo‘rqib, himoyalanishni istagan qishloq aholisi tomonidan qurilgan, degan fikrlar bor. Bundan tashqari, hali ham topilmagan ko‘plab cherkovlar bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Kappadokiya 5 ta shaharni o‘z ichiga oladi
Kappadokiya haqidagi yana bir haqiqat shundaki, hudud 5 shaharni o‘z ichiga olib, 5 ming kilometr maydonni egallaydi. Kappadokiya hududi deganda Nevshehir, Aksaray, Kayseri, Nig‘de va Kirshehir viloyatlaridan tashkil topgan geografik hudud tushuniladi. Yer osti shaharlari va o‘tish yo‘laklari bu shaharlarni bir-biri bilan bog‘laydi.
Anabasis – Kappadokiyadagi eng qadimgi yozma manba
Kappadokiya haqida batafsil ma’lumot olish mumkin bo‘lgan eng qadimgi yozma manba Ksenofonning “Anabasis” nomli kitobidir. Kitobdagi ma’lumotga ko‘ra, Fors shohi Kir qo‘l ostidagi yunonlar yer osti shaharlari Kaymakli va Derinkuyuda tunab qolgan. Bu ma’lumotlar yer osti shahrini qurganlar Rim zulmidan qochgan nasroniylar emasligini bildiradi. Kitobda yer osti shaharlari ulardan ham oldin mavjud bo‘lganligi va ulardan boshpana sifatida foydalanganliklari qayd etilgan.