Kanalga itarib yuborilgan qizning buvisi kelini nega bu ishga qo‘l urganini aytdi

Kanalga itarib yuborilgan qizning buvisi kelini nega bu ishga qo‘l urganini aytdi

Namangan viloyati Chortoq tumanida 22 yoshli kelin maktab o‘quvchisini nega kanalga itarib yuborgani sabablari aytildi. Bu haqda "Zamon" dasturida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, 5-sinfida o‘qiydigan M.ni amakisining xotini 2-soat darsi tugaganidan so‘ng olib ketgan. U qizaloqni Katta Namangan kanaliga olib borib, o‘sha yerda suvga itarib yuborgan.

Kelin bu ishga nima sababdan qo‘l urgan bo‘lishi mumkinligi borasida uning qaynonasi fikr bildirdi.

Buvining so‘zlariga ko‘ra, kelinlari ahil yashashgan, oralarida biror marta nizo bo‘lmagan. Biroq jinoyatga qo‘l urgan kenja kelin oilada o‘g‘rilik qilgan va shu bois eri u bilan yashamayman deb turib olgan.

“Bu kelinim o‘g‘irlik qilgan. O‘g‘lim shundan so‘ng uni kechirmagan, o‘g‘rini xotin qilmayman, degan. Kenja kelinim edi. Hammasiga eri sababchi, u kelinim bilan yashamayman degandi. Lekin ovsini bilan biror marta urishmagan. Bunga oilaviy mojaro sabab bo‘lgan”, - deydi kelinning qaynonasi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda kanaldan maktab o‘quvchisining jasadi topilgani va uning o‘limida uning kelinoyisi gumon qilinayotgani xabar qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!