Kanadada o‘rmon yong‘inlari yuz berdi

Kanadada o‘rmon yong‘inlari yuz berdi

Kanada o‘rmon yong‘inlari yuz berdi. Oqibatda Galifaks shahri ma’muriyati favqulodda holat e’lon qildi.

Galifaks shahrida o‘rmon yong‘inlari oqibatida o‘nlab uylar vayronaga aylandi. Qurg‘oqchilik va kuchli shamol yong‘inni to‘xtatishga to‘sqinlik qildi. Bir necha kundan buyon o‘t o‘chiruvchilar yong‘inga qarshi kurash olib borishdi, biroq hozircha natija bo‘lmadi.

Yong‘in 798 gektar maydonni qamrab oldi. Galifaksdagi yong‘inlar elektr ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi va bir qancha maktablarni yopishga to‘g‘ri keldi. O‘n minglab fuqaro xavfsiz joylarga ko‘chirildi. Ular uchun vaqtinchalik yashash joylari tashkil etildi.

“Yong‘inni nazorat qilib bo‘lmayapti. Ammo o‘t o‘chiruvchilar, aviasiya bo‘linmalarining sa’y-harakatlari tufayli biz yong‘inning yanada tarqalib ketishining oldini oldik”, dedi Galifaks mintaqaviy yong‘in va favqulodda vaziyatlar xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Devid Meldram.

O‘t o‘chiruvchilar hududni yong‘indan xalos qilishga urinmoqda. Ular nafaqat o‘z kuchlariga tayanmoqda, balki shamolning tinishiga ham umid qilmoqda. Shamol tez orada yo‘nalishini o‘zgartirishi va tinishi mumkin. Hozircha favqulodda holat rejimi amal qilmoqda. U yetti kun davomida amal qilishi ko‘zda tutilgan, deb xabar bermoqda mir24.tv.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!