Kaliforniyada «Ko‘rinmas uy» sotuvga qo‘yildi

Kaliforniyada «Ko‘rinmas uy» sotuvga qo‘yildi

«Ko‘rinmas uy» nomli mulk Kaliforniya shtatida sotuvga qo‘yildi, deb xabar beradi CNBC.

Joshua-Tri milliy bog‘idagi uy 18 million dollarga baholanmoqda, bu esa Los-Anjelesdan ikki soat janubi-sharqda joylashgan San-Bernardino okrugidagi shaharchada sotiladigan eng qimmat mulk hisoblanadi.

photo

Uyga «ko‘rinmas» nomini berishdi, chunki u sahroning tevarak-atrofini aks ettiradi, go‘yo uni toshloq landshaftga yashiradi va ichkaridagilarga butunlay ko‘rinmasdan, manzarani tomosha qilish imkonini beradi.

Ob’ekt Joshua-Tri milliy bog‘idan bir necha qadam narida joylashgan. Yashash maydoni deyarli 5500 kvadrat futni tashkil etadi, ichida uchta yotoq xonasi, to‘rtta hammom va 100 futlik yopiq hovuzi bor.

photo

Uy kino prodyuseri va hozirgi egasi Kris Xenli va arxitektor Tomas Osinski tomonidan ishlab chiqilgan.

Uy sotuvga qo‘yilganidan buyon to‘rt oy davomida hech kim uni sotib olishga qiziqmagan, biroq uni sotish bilan shug‘ullanuvchi ikkala riyeltor ham muvaffaqiyatga va uy o‘z xaridorini topishiga ishonadi.

photo

photo

photo

photo

photo


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!