Kafedan ikki dona televizor hamda kuzatuv kamera xotirasini o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi

Kafedan ikki dona televizor hamda kuzatuv kamera xotirasini o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi

Farg‘ona shahrida fuqaro J.S IIBga murojaat qilib, unda 29 avgust kuni noma’lum shaxs Yassaviy ko‘chasida joylashgan kafega g‘ayriqonuniy ravishda kirib, kafeda bo‘lgan narxi 600 AQSh dollarlik 2-dona “LG” va “SONI” rusumli televizorlar hamda kuzatuv kamerasini xotirasini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni D.T sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!