Juma kuni bilan tabriklash bid’atmi?

A A A
Juma kuni bilan tabriklash bid’atmi?

Yaqin yillardan beri ba’zilar tomonidan: ““Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin”, “Juma muborak” deyish mumkin emas, chunki, juma kuni qiyomat kuni bo‘ladi, qachonki biz mahshargohdan o‘tib jannatda yig‘ilganimizdagina “juma muborak bo‘lsin”, deb aytamiz. Juma bilan tabriklash bid’at, chunki, Payg‘ambar alayhissalom va sahobalar bir-birlarini juma bilan tabriklamagan” degan har xil gap-so‘zlar tarqalib qoldi. Bu gap-so‘zlarga qisqa javob shuki, mo‘min-musulmonlar o‘zaro bir-birlariga sog‘liq-salomatlik tilab, Juma kuni bilan tabriklashlari muboh (savob ham, gunoh ham bo‘lmaydigan) amallardandir.

Chunki juma kuni bilan tabriklab, muborakbod qilish bir qancha oyati karima va hadisi shariflardan ko‘zlangan maqsadga muvofiq keladi hamda umumiy shariat qoidalariga to‘g‘ri keladi. Quyida ularni bayon qilamiz:

Birinchidan, Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi:

ﻭَﻗُﻮﻟُﻮﺍ ﻟِﻠﻨَّﺎﺱِ ﺣُﺴْﻨًﺎ

ya’ni: “Odamlarga shirin so‘z bo‘ling” (Baqara surasi 83-oyat).

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hadisi sharifda shunday deganlar:

"والكلمة الطيبة صدقة"

(متفق عليه عن أبي هريرة رضي الله عنه)

ya’ni: “Yaxshi gap sadaqadir” (Muttafaqun alayh).

Demak, musulmonlar bir-birlarini juma kuni bilan tabriklab, yaxshi tilaklarni aytishlari mazkur oyati karima va hadisi shariflardagi shirin so‘z va yaxshi gaplarni gapirishga bo‘lgan targ‘ibning mazmuniga to‘g‘ri keladi.

Juma kuni bilan tabriklab, muborakbod qilish bir qancha asrlardan beri musulmonlar orasida odat tusiga aylanib, bu sababli musulmonlar bir-birlarini xursand qilib kelmoqdalar. Mana shunday o‘zaro xursandchilikka sabab bo‘ladigan amalni nimasi bid’at bo‘ladi. Vaholanki, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hadisi shariflarida bunday degan bo‘lsalar:

"أحبُّ الأعمالِ إلى اللهِ عزَّ وجلَّ سُرُورٌ يدْخِلُهُ على مسلمٍ"

(رواه الإمام ابن حبان والإمام الطبراني عن جابر بن عبد الله رضي الله عنه)

ya’ni: “Alloh taologa eng yaxshi amal – musulmonning qalbiga xursandchilik kirgazishdir” (Imom Ibn Hibbon va Imom Tabaroniy rivoyatlari).

Demak, mana shu hadisga amal qilgan holda, musulmon kishining qalbiga xursandchilik kirgizish maqsadida juma kuni bilan tabriklashimiz mumkin bo‘ladi. Qolaversa, buyuk sahobiy Ibn Mas’ud raziyallohu anhu bir ajoyib so‘zni aytganlar:

ما رأى المسلمون حسنا فهو عند الله حسن، وما رآه المسلمون سيئا فهو عند الله سيء

(رواه الإمام الحاكم في المستدرك)

ya’ni: “Musulmonlar yaxshi ko‘rgan narsa – Alloh taolo nazdida ham yaxshidir,  musulmonlar yomon ko‘rgan narsa – Alloh taolo nazdida ham yomondir” (Imom Hokim rivoyatlari).

Mana shu purma’no gapga binoan ham juma kuni bilan o‘zaro muborakbod etish va yaxshi tilaklar tilashimiz mumkin bo‘ladi. 

Ikkinchidan,  Juma kuni bilan tabriklash – o‘zaro duo qilish va bir-biriga yaxshi tilaklar aytishdir. Qur’oni karim va hadisi shariflarda duo qilishga bo‘lgan targ‘ib biror-bir qaydsiz mutlaq kelgan. Jumladan, Alloh taolo duo qilish haqida Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan:

وَإِذَا سَأَلَكَ عِبَادِي عَنِّي فَإِنِّي قَرِيبٌ أُجِيبُ دَعْوَةَ الدَّاعِ إِذَا دَعَانِ

فَلْيَسْتَجِيبُوا لِي وَلْيُؤْمِنُوا بِي لَعَلَّهُمْ يَرْشُدُونَ

ya’ni: “Sizdan (ey, Muhammad!) bandalarim Mening haqimda so‘rasalar, (ayting) Men ularga yaqinman. Menga iltijo qiluvchining duosini ijobat eturman. Bas, ular ham Meni (da’vatlarimni) ijobat (qabul) etib, Menga imon keltirsinlar, shoyad (shunda) to‘g‘ri yo‘lga tushib ketsalar” (Baqara surasi, 186-oyat).

Ushbu oyatdagi duo maxsus bir duoga qaydlanmasdan umumiy bo‘lganidan keyin, musulmon kishining boshqa birodariga “juma kuningiz muborak bo‘lsin” degan duosi ham mazkur oyati karimaning mazmuniga muvofiq kelaveradi. Agar ushbu oyat maxsus duolarni o‘z ichiga oladi, juma bilan tabriklashdagi duoni o‘z ichiga olmaydi desak, mutlaq (qaydsiz) kelgan oyatni qaydlab qo‘ygan bo‘lamiz. Bu esa hanafiy mazhabimizdagi usul qoidalarga to‘g‘ri kelmaydi.

Qolaversa, bizni har bir duoimiz va yaxshi tilaklarimizning lafziga muvofiq albatta Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan biror hadis yoki sahobalardan biror rivoyat topilishi shart emas. Bunday qoida shariatimizda yo‘q. Balki, yuqorida zikr qilingan umumiy bir qancha dalillar mavjud,  ular o‘z ichiga ko‘plab amallarni qamrab oladi. Shunday ekan, Payg‘ambarimiz alayhissalom va sahobalarning bir ishni qilmaganlarining o‘zginasi, uni man qilish uchun dalil bo‘lmaydi. 

Uchinchidan, Qurbon va Ramazon hayiti kunlari bilan tabriklash, shuningdek, yangi kiyim kiyganda, kishining tavbasi qabul bo‘lganda, haj ibodatini tamomlaganda, nikoh aqdi tuzilganda, farzand dunyoga kelganda tabriklash haqida bir qancha hadis va rivoyatlar mavjud. Ammo juma kuni bilan tabriklash haqida sarohatan (ochiq-oydin) hadis yoki rivoyat kelmagan. Mana shunday o‘rinlarda shariat qonun-qoidalarini yaxshi o‘rgangan ulamolarimiz bir qoida ishlatadilar: “dalili bor narsaga dalil kelmagan narsani qiyos qilish (taqqoslash)”. Bu qoidani ishlatish uchun ikkita shart topilishi kerak. Birinchisi, qiyos qilinayotgan amalning shariatga zid joyi bo‘lmasligi kerak. Ikkinchisi esa, dalili kelgan amal bilan dalili yo‘q amalni bajarishdan maqsad bir bo‘lishi kerak. Shunday ekan, yuqoridagi Qurbon va Ramazon hayitlari bilan tabriklash kabi dalili kelgan amallarga juma kuni bilan tabriklash amalini qiyos qilinadi. Chunki barchasidan maqsad bir, u ham bo‘lsa – musulmonning qalbiga xursandchilik solishdir.

Qolaversa, Juma kuni kunlarning eng yaxshisi ekani haqida Payg‘ambarimiz shunday deganlar:

"خَيْرُ يَوْمٍ طَلَعَتْ عَلَيْهِ الشَّمْسُ يَوْمُ الْجُمُعَةِ فِيهِ خُلِقَ آدَمُ وَفِيهِ أُدْخِلَ الْجَنَّةَ وَفِيهِ أُخْرِجَ مِنْهَا"

(رواه مسلم عن أبي هريرة رضي الله عنه)

ya’ni: “Quyosh chiqqan kunlarning eng yaxshisi jumadir! U kuni Odam yaralgan, u kuni jannatga kiritilgan, u kuni jannatdan chiqarilgan, qiyomat ham juma kunidadir” (Imom Muslim rivoyatlari).

Shuningdek, Juma kuni musulmonlarning hafta ichidagi bayramlari hisoblanadi. Bu haqda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bunday marhamat qilganlar:

"إن هذا يوم عيد جعله الله للمسلمين، فمن جاء الي الجمعة فليغتسل، وإن كان عنده طيب فليمس منه، وعليكم بالسواك" ( اخرج إبن ماجة عن إبن عباس رضي الله عنه)

ya’ni: “Albatta bu (juma kuni) bayram kunidir. Alloh uni musulmonlar uchun (bayram) qilgan. Shunday ekan, kim jumaga yetsa, g‘usl qilsin. Agar unda xushbo‘ylik bo‘lsa, undan sepib olsin va misvokni lozim tutinglar” (Imom Ibn Moja rivoyatlari).

Hazrati Umar raziyallohu anhu ham Juma kunini haftalik bayram ekani haqida bunday deganlar:

  "يوم جمعة، ويوم عرفة، وكلاهما بحمد الله لنا عيدٌ" (رواه الطبري في جامع البيان).

ya’ni: “Allohga hamd bo‘lsinki, Juma va Arafa kunlari biz musulmonlarga bayram qilib berdi” (Imom Tabaroniy “Jomi’ul bayon” kitoblarida keltirganlar).

Bayram bilan tabriklash va muborakbod qilish mumkinligi haqida mo‘’tabar ulamolarimiz tomonlaridan bir qancha ma’lumotlar mavjud bo‘lib, jumladan, buyuk muhaddis va faqih Mulla Ali Qori rahmatullohi alayh “Mirqotul mafotih” kitoblarida أتاكم رمضان، شهر مبارك ya’ni, “Sizlarga Ramazon keldi. Bu muborak oydir” degan hadisni sharhida  shunday deganlar:

هو أصل في التهنئة المتعارفة في أول الشهور بالمباركة

ya’ni: “Mana shu hadis (yangi) oylarning avvalida urfga aylangan muborak bo‘lsin, deb tabriklashga asos hisoblanadi. 

Imom Ibn Qudoma rahmatullohi alayh “Mug‘niy” kitoblarida shunday deganlar:

"قال أحمد، رحمه الله:  ولا بأس أن يقول الرجل للرجل يوم العيد: تقبل الله منا ومنك".

ya’ni: Imom Ahmad rahmatullohi alayh aytdilar: “Bayram kuni kishi birodariga: “Alloh sizu bizdan qabul qilsin”” deyishini hech qanday zarari yo‘q.

Imom Shihob Ahmad Molikiy rahmatullohi alayh aytadilar: 

سئل مالك عن قول الرجل للرجل في العيد تقبل الله منا ومنك وغفر لنا ولك

 فقال: "ما أعرفه ولا أنكره لأنه قول حسن"

ya’ni: Imom Molik rahmatullohi alayhdan bayram kuni kishi birodariga: “Alloh sizu bizdan qabul qilsin va gunohlarimizni kechirsin!” deyishi haqida so‘ralganda u zot bunday javob berdilar: “Uni (dalili borligini) bilmaymiz, lekin inkor ham qilmaymiz, chunki bu yaxshi so‘zdir”.

Imom Suyutiy rahmatullohi alayh “Usulul amaniy bi-husulit tahaniy” kitoblarida bunday deganlar:

التهنئة بنحو الأعياد والشهور، لها أصل في السنة كالتهنئة بالمولود.

ya’ni: “Farzand ko‘rganda tabriklashni hadislarda asosi bo‘lgani kabi bayram va oylar bilan tabriklashni ham hadislardan asosi bor”.

Demak, bayramlarda tabriklash mumkin bo‘lganidan keyin juma kunida ham tabriklash va muborakbod etish mumkin va joizdir. Chunki yuqoridagi hadislar bilan juma kunini ham bayram ekani ochiq-oydin ma’lum bo‘ldi. Shunga binoan, bu kunni bayramona kayfiyatda, xushbo‘yliklarni sepib, xursadchilik bilan, ibodatlarni ado etib, o‘zaro bir-birimizdan hol-ahvol so‘rab, yaxshi tilaklarni bildirib o‘tkazishimiz ayni mudao bo‘ladi. Juma kuni sizga barokatli, muborak bo‘lsin, deyish ham, yaxshi tilaklar jumlasidandir.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, yuqoridagi barcha oyati karima, hadisi sharif, rivoyat va fiqhiy qoidalar hamda ulamolarimizning fikrlaridan ma’lum bo‘lmoqdaki, musulmonlar bir-birlarini Juma kuni bilan tabriklab, o‘zaro duolar qilishlarida hech qanday shariatga zid joyi yo‘q. Aksincha, bu duoi xayr va yaxshi tilaklar sababli musulmonlar orasida mehr-muhabbat, o‘zaro xursandchilik, oqibat ziyoda bo‘lib, birodarlik rishtalari mustahkamlanadi. Albatta, bu tabriklash ixtiyoriy bo‘lib, uni vojib yoki sunnat demaymiz. Bu amalni tark qilgan kishi gunohkor ham bo‘lmaydi.  Vallohu a’lam.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

2026 yil yozda Markaziy Osiyo mamlakatlarida anomal darajada kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilishi mumkin

Таъкидланишича, об-ҳавонинг нормал ўзгариши ўрнига, минтақага улкан миқдорда ёғингарчилик тўсатдан ёпирилади.

«Barselona» yulduz futbolchisidan ko‘ngli qoldi va uni sotishga qaror qildi

Каталониянинг «Барселона» клуби ўз ҳимоячиларидан бири билан хайрлашиши мумкин.

Rossiya Moliya vazirligi va Markaziy bank Putinni ogohlantirdi

Агентлик хабарига кўра, Владимир Путин иқтисодий блокка мудофаага алоқадор бўлмаган бюджет харажатларини тежаш бўйича топшириқ берган.

O‘zbekistonning "JCH-2026"da guruh bosqichida chiqib ketishi bashorat qilindi

Футбол бўйича таҳлилий тадқиқотлар олиб борадиган Football Meets Data компанияси 2026 йилги жаҳон чемпионатида плей-офф босқичига чиқиш эҳтимоли энг паст бўлган ўнта терма жамоа рўйхатини эълон қилди, деб хабар беради Sports.kz.

Million rossiyalik mamlakatni tark etdi

Тадқиқот муаллифларининг таъкидлашича, уруш бошланганидан кейин ҳарбий хизматдан қочишга уринган ва мамлакатни тарк этаётган эркаклар сони сезиларли даражада ошган.

APLda narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar ma’lum qilindi: Husanov ham "top-10"da

Футболчиларнинг трансфер қийматини баҳолашга ихтисослашган "Transfermarkt" портали 2025/26 йилги мавсум якунланганидан сўнг Англия Премьер-лигаси бўйича маълумотларни янгилади.

O‘zbekiston – Niderlandiya o‘rtoqlik o‘yini Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi

8 июнь куни футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон чемпионати олдидан сўнгги ўртоқлик учрашувини ўтказади. Рақиб Европанинг етакчи жамоаларидан бири – Нидерландия терма жамоаси бўлади.

Superkompyuter Jahon chempionati-2026 g‘olibini bashorat qildi

Opta таҳлилчилари суперкомпьютерни ишга тушириб, терма жамоаларнинг Жаҳон чемпионатида ғалаба қозониш имкониятларини ҳисоблаб чиқишди.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Andijonda IIB xodimi voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tekkanligi aytilmoqda. Gumonlanuvchi 2004 yilgi Olimpiada bronza medali sohibi(?)

Ижтимоий тармоқда ИИБ ходими вояга етмаган шахснинг номусига текканлиги ҳолати юзасидан ҳабар жойлаштирилган.

19 nafar amaldor ishdan olindi, 36 nafari jazolandi

Натижада 36 нафар ходим интизомий жавобгарликка тортилди, 19 нафар масъул эса лавозимидан озод этилди.

Xitoy Tayvan qirg‘oqlarida maxsus operasiya boshlanganini e’lon qildi

Бу ҳақда Xinhua хабар бермоқда.

Italiya va boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasida Ukraina bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga keldi

La Repubblica нашри хабар беришича, бу Италия ва бошқа Европа Иттифоқи мамлакатлари ўртасида Украина билан боғлиқ айрим масалалар бўйича келишмовчиликлар пайдо бўлиши билан боғлиқ бўлиши мумкин.

Kuba fuqarolarga qurol tarqatishni boshladi

​Нашр маълумотларига кўра, бу орол атрофида кескинликнинг кучайиши ва Вашингтоннинг минтақадаги ҳарбий иштироки ортиши билан боғлиқ.

Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi: Ebola epidemiyasi rekord darajaga yetishi mumkin

АҚШнинг Касалликларни назорат қилиш ва олдини олиш марказлари (CDC) таҳлилчилари томонидан тайёрланган моделларга кўра, Марказий Африкадаги Эбола эпидемияси 2014 йилдаги рекорд даражадаги эпидемия кўламига етиши ёки ҳатто ундан ошиб кетиши мумкин.

47°C issiqlikda tong ham, tun ham yo‘q: Hindistonning eng issiq hududida bir kun

Ҳиндистоннинг Уттар-Прадеш штатидаги Банда туманида ҳаёт сўнгги ҳафталарда мисли кўрилмаган жазирама иссиқлик шароитида кечмоқда.

AQShda yarim asr ichida ilk bor harbiylar qatl etilishi mumkin

Қўшма Штатлар Қуролли Кучлари ярим асрдан кўпроқ вақт ичида биринчи марта ҳарбий қатлларни амалга оширишни режалаштирмоқда. Бу ҳақда ABC телеканали ички армия ҳужжатига таяниб хабар берди.

Ruminiya prezidenti: Konstansa portida portlagan dron Ukrainaga tegishli bo‘lgan

Руминия президенти Никушор Дан Констанца фуқаролик порти ҳудудида портлаган денгиз дрони Украинага тегишли бўлганини расман тасдиқлади.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: Isroil hujumlari oqibatida qariyb 3600 kishi halok bo‘ldi

Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълумотига кўра, 2 мартдан буён Исроил ҳужумлари натижасида ҳалок бўлганлар сони 3593 нафарга етган. Шунингдек, қарийб 11 минг киши турли даражада жароҳат олган.

Uyushgan jinoyatchilik va narkojinoyatlarga qarshi kurashda muhim natijalar

Жорий йилнинг январ–май ойларида ҳуқуқ-тартибот органларининг тезкор бўлинмалари ҳамкорлигида уюшган наркожиноятчилик ҳамда уюшган жиноий гуруҳлар фаолиятига қарши комплекс тезкор тадбирлар амалга оширилди.

Farg‘onada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Ушбу қоидабузарликлар натижасида, электр таъминоти корхонасига жами 2 миллиард 154 миллион сўмлик зарар етказилганлиги маълум бўлди.

Isroil Eron bilan urush vaqtida qo‘shinlarini maxfiy ravishda Ozarbayjonga joylashtirgan

CNN маълумотига кўра, Эрон билан қуролли тўқнашувлар давомида Исроил махсус операциялар бўлинмалари ва разведка ходимларини, жумладан «Моссад» агентларини Озарбайжон ҳудудига махфий равишда жойлаштирган.

Dubay shahzodasining sobiq rafiqasi hibsga olindi: farzandlar uchun kurash davom etmoqda

Дубайда озарбайжонлик собиқ гимнастикачи Зейнаб Жавадли ҳибсга олинди.

Ruminiyaning Konstansa porti yaqinida dengiz droni portladi

Маҳаллий оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, ҳозирда Руминия қирғоқлари яқинида яна учта денгиз дрони аниқланган.

Toshkentda avtobusda uyatsiz harakatlar qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

48 ёшли эркак Т.С. жамиятда юриш-туриш қоидаларини қасддан менсимасдан, жамоат жойида бўла туриб уятсиз ҳаракатлар содир этган.

“Chodaksoy”da cho‘kib ketgan yigitning jasadi 1 haftadan so‘ng topildi

Жараёнда туман ФВБ ёнғин-қутқарувчилари томонидан сув устида, бошқарма қутқарув отряди қутқарувчилари томонидан эса сув остида қидирув ишлари узлуксиз олиб борилган.

Kongoda Ebola epidemiyasi avj olayotgan bir paytda 11 nafar bemor kasalxobadan qochib ketdi — Bloomberg

Агентлик маълумотларига кўра, Эбола вируси Конго Демократик Республикасининг янги ҳудудлари бўйлаб тарқалмоқда, шифокорлар учун эса вазиятни назорат қилиш тобора қийинлашиб бормоқда.

Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi

Эркак Қарши туманидаги хонадонида эшак сўйиб, гўштини турли бозорларда сотиб келган. Хонадонидан 247 кг гўшт ва қарийб 100 та эшак териси топилган.

Toshkentning 5 ta hududida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi

Бу эса метро поездлари ҳаракати ҳамда бекатлардаги ёритиш тизимлари фаолиятига ўз таъсирини кўрсатган.

Kuvayt Eron bilan bog‘liq jiddiy qaror qabul qildi

Бу ҳақда Кувайт оммавий ахборот воситалари хабар берди.

Ukraina dronlari Sankt-Peterburgga hujum qildi: iqtisodiy forum kuni yirik zarbalar qayd etildi

Кечаси Санкт-Петербург ва Ленинград вилояти Украина дронлари ҳужумига учради. Ленинград вилояти губернатори Александр Дрозденко маълум қилишича, вилоят осмонида 59 та учувчисиз учиш аппарати уриб туширилган.

AQSh va Meksika chegarasi ostidagi tunneldan qiymati $45 mlnga teng bir tonna kokain topildi

Туннел гидравлик лифт, электр ва шамоллатиш тизими билан жиҳозланган.

Kubilyus: «Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaymiz» degan gap meni xavotirga soladi

Европа Иттифоқининг мудофаа бўйича комиссари Андрюс Кубилюс Европа Иттифоқи Украинани «қанча керак бўлса, шунча вақт қўллаб-қувватлайди» деган баёнотлар унда хавотир уйғотишини билдирди.

AQSh ma’lum shartlar asosida Eronning yadro energiyasidan foydalanishiga qarshi emas

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Вашингтон маълум шартлар бажарилган тақдирда Эроннинг ядро энергиясидан фойдаланишига рухсат беришга тайёрлигини билдирди.