Jud Bellingem Bundesligada mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb tan olindi

Jud Bellingem Bundesligada mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb tan olindi

Germaniya Bundesligasi 2022/23 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, yilning eng yaxshi o‘yinchisini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Dortmundning «Borussiya» klubi yarimhimoyachisi Jud Bellingem Bundesligada mavsumning tengsiz o‘yinchisi deb topildi.

19 yoshli angliyalik xavbek yakunlangan mavsum Bundesligada 31 o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol va 4ta assistga mualliflik qildi.

Dortmund klubi esa chempionat yakunlariga ko‘ra, to‘plar nisbatiga binoan «Bavariya»dan ortda qolib, turnirni 2-o‘rinda yakunladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!