JSST koronavirusning yangi shtammlari bilan qayta zararlanish haqida ma’lum qildi

JSST koronavirusning yangi shtammlari bilan qayta zararlanish haqida ma’lum qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirusning yangi shtammlari bilan qayta zararlanish holatlari haqida ma’lum qildi. Bu haqda tashkilotning Bosh ilmiy xodimi Sumiya Svaminatan aytib o‘tgan.

«Biz virusning yangi shtammlari bilan qayta zararlanish holatlari to‘g‘risida xabarlarni olyapmiz. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, Janubiy Afrika Respublikasida oldin infeksiyani yuqtirib sog‘ayganlarda yana virusni yuqtirish holatlari kuzatilgan», deydi JSST vakili.

Svaminatan, xastalikka chalinganlarning virusga qarshi immuniteti qancha ekanligi to‘g‘risida izlanishlar olib borilayotganligini qo‘shimcha qildi. Agar biror kishi koronavirusga qarshi vaksina olgan bo‘lsa, odatda unda kasallik engil shaklda o‘tadi. Uning ta’kidlanishicha, emlash ham yuqish tezligini pasaytirishga yordam beradi.

Avvalroq tashkilotning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge koronavirusdagi mutasiyalar yangi pandemiya boshlanishiga olib kelmasligi, ammo hushyorlikni saqlash kerakligi haqida aytib o‘tgan edi.

Avvalroq, JSST Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirus shtammi o‘tgan hafta yana oltita mamlakatda aniqlangani va ularning umumiy soni 86 taga yetgani haqida xabar bergan edi. Bundan tashqari, Janubiy Afrika, Braziliya va Yaponiyada qayd etilgan mutasiyalarning tarqalishi geografiyasi ham kengaygan. Xususan, 8 fevral holatiga ko‘ra, Janubiy Afrika Respublikasi shtammi 44, Yaponiya shtammi 15 davlatda qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!