JSST koronavirusga qarshi dorilar ro‘yxatiga yana ikkita dorini qo‘shdi

JSST koronavirusga qarshi dorilar ro‘yxatiga yana ikkita dorini qo‘shdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kovidni davolash uchun tavsiya etilgan dorilar ro‘yxatiga ikkita yangi dori qo‘shdi. Bu haqda BMJ nashri xabar berdi.

Kovidning og‘ir shaklida revmatoid artritni davolashda qo‘llaniladigan "Barisitinib"ni qo‘llash taklif qilinmoqda. Kasallik o‘rtacha kechayotgan, ammo kasalxonaga yotqizish xavfi yuqori bo‘lgan odamlar uchun tashkilot "Sotrovimab"ni tavsiya qiladi.

Bu, xususan, keksalar va immunitet tanqisligi yoki diabet kabi surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarga tegishli.

JSST shuningdek, preparatning yangi variantlarga, xususan, Omicron'ga qarshi samaradorligi "haligacha noaniq" ekanligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!