Joze Mourinyo yangi klubda!

Joze Mourinyo yangi klubda!

Rimning «Roma» klubi portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo bilan kelishuvga erishganini rasman e’lon qildi.

«Klub portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo bilan kelishuvga erishganini ma’lum qiladi. Yangi – 2021/22 yilgi mavsumdan boshlab Mourinyo jamoa bosh murabbiyi sifatida boshlaydi», - deyiladi Rim klubi xabarida.

Italiyalik insayder Fabrisi Romanoning yozishicha, tomonlar 2024 yilga qadar belgilangan shartnomani imzolashgan. 

Bir necha soat avvalroq, «Roma» klubi jamoa bosh murabbiyi Paulo Fonseka ikki yillik faoliyatidan keyin joriy mavsum yakunida klubni tark etishi haqida rasman e’lon qilgandi. 

Ma’lumot uchun, Fonseke boshqaruvidagi rimliklar A Seriya 34-turidan keyin 55 ochko bilan 7-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Yevropa ligasi yarimfinal dastlabki uchrashuvida «MYu» maydonida yirik 2:6 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, turnir bilan xayrlashish arafasida turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo aprel oyida «Tottenhem»dan iste’foga chiqarilgandi. «Roma» klubi portugaliyalikning Italiyadagi ikkinchi ish joyiga aylanadi. Bungacha 58 yoshli mutaxasis 2008-2011 yillar davomida «Inter» klubida faoliyat yuritgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!