Jokovichning daromadi rekord darajaga yetdi

Jokovichning daromadi rekord darajaga yetdi

Dunyoning 1-raketkasi, “Katta dubulg‘a” turnirining 24 karra chempioni, serbiyalik Novak Jokovich Italiyaning Turin shahrida o‘tkazilgan joriy yilning final turnirida 4,4 million dollar ishlab topdi.

ATP Tour ma’lumotlariga ko‘ra, serbiyalik tennischi bu yil jami 16 million dollar ishlab olgan. N.Jokovich sport karyerasidagi daromadini 180,6 million dollarga yetkazdi. Bu rekord ko‘rsatkichdir.

Turindagi ATP finalida Jokovich finalda italiyalik Yannik Sinnerni 6:3, 6:3 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, u ushbu musobaqada yetti marta g‘alaba qozongan birinchi tennischiga aylandi. YA.Sinner Turinda 2,6 million dollar ishlab topgan. Uning sportdagi daromadi 14,9 million dollarni tashkil qiladi.

Novak Jokovich kelgusi yilda sport faoliyatini davom ettirishini, u “Katta dubulg‘a” kabi yirik musobaqalarda, shuningdek, Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!