Jo Bayden shu haftaning oxirlarida prezidentlik saylovi uchun kurashdan chiqishi mumkin — Axios

Jo Bayden shu haftaning oxirlarida prezidentlik saylovi uchun kurashdan chiqishi mumkin — Axios

"Bir qancha yuqori martabali demokratlar o‘zaro suhbatlarda partiya yetakchilari va yaqin do‘stlari tomonidan kuchayib borayotgan bosim AQSh prezidenti Jo Baydenni shu haftaning dam olish kunlari prezidentlik poygasidan chiqishga undashi mumkinligini aytmoqda", deb yozadi nashr.

Ta’kidlanishicha, hozir kovid tufayli o‘zini yakkalab qo‘ygan 81 yoshli prezident ish bilan band. Ammo o‘zaro suhbatlarda u bosimning kuchayishi, so‘rovlardagi salbiy natijalar va adolatsiz tekshiruvlarga tan berganini aytgan, bu esa uning saylovoldi kampaniyasini davom ettirishiga imkon bermayapti, dedi demokratlardan biri nashrga.

Manbalarning aytishicha, partiyaning yuqori martabali yetakchilari, do‘stlari va asosiy donorlari Bayden g‘alaba qozona olmaydi, yoshi va aqliy qobiliyati haqidagi jamoatchilik fikrini o‘zgartira olmaydi va Kongressda ko‘pchilikni qo‘lga kirita olmaydi, deb hisoblaydi.

Demokratlarning Senatdagi yetakchisi Chak Shumer Trampga suiqasd uyushtirilgan kuni Baydenga saylovda qatnashishdan bosh tortsa yaxshiroq bo‘lishini aytgan.

Vakillar palatasi sobiq spikeri Nensi Pelosi prezident Jo Baydenga shaxsan qo‘ng‘iroq qilgan. Suhbat davomida u so‘rovlar prezident Donald Trampni mag‘lub eta olmasligini ko‘rsatayotganini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!