Jizzaxlik yigit talaba ayolga behayo suratlari bilan tahdid qilayotgani aniqlandi

Jizzaxlik yigit talaba ayolga behayo suratlari bilan tahdid qilayotgani aniqlandi

Jizzax viloyati Zafarobod tumanida yashovchi, poytaxtdagi oliy o‘quv yurtlaridan birida ta’lim olayotgan ayol ichki ishlar organlariga murojaat qilib, Jizzax shaharining Obod mahallasida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan E.A. unga nisbatan tovlamachilik qilayotganligini bildirgan. Ma’lum bo‘lishicha, yigit ayolning behayo suratlarini ijtimoiy tarmoqda tarqatishini aytib, 8 ming AQSh dollari talab qilgan.

Jabrlanuvchining arizasi asosida viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir uyushtirildi. Qisqasi, tovlamachi Jizzax shahrining Zargarlik mahallasi hududida 3 ming AQSh dollari olgan paytida ushlandi. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.   


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!