Jizzaxlik erkak bir guruh odamni o‘qqa tutdi

Jizzaxlik erkak bir guruh odamni o‘qqa tutdi

Jizzax viloyatida 40 yoshli erkak ov quroli bilan 20 yoshli yigitning joniga suiqasd qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 20 oktyabr kuni soat 00:00 larda Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, Toqchilik mahallasida fuqaro Zafar I. (1979 y.t.) fuqaro Yorqin B. (1999 y.t.) va uning qarindoshlari bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Zafar I. MS-2112 rusumli ov quroli bilan ularga qarata 6 marotaba o‘q uzib, qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan 21 oktyabr kuni Sharof Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan Zafar I.ga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Zafar I. prosessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!