Jizzaxda xotinini rashk qilgan erkak dahshatli qotillikka qo‘l urdi

Jizzaxda xotinini rashk qilgan erkak dahshatli qotillikka qo‘l urdi

Eski Toshkentlik mahallasida yashovchi fuqaro rashk sababli dahshatli qotillikka sababchi bo‘ldi.

04.04.2019 yilda soat 13:30 larda SH.Rashidov tumani, Eski Toshkentlik mahallasida yashovchi T.M. fuqaro SH.A.ni qasddan o‘ldirish maqsadida, uning Jizzax shahrida joylashgan ish joyiga borib, undan o‘z xotinini rashk qilib, o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan uning o‘ng bo‘yin va ko‘krak sohasiga urib, voqea joyidan yashiringan.

SH.A. olgan tan jarohatlari natijasida kasalxonada vafot etgan.

Shu kunning o‘zida Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan T.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, zudlik bilan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida T.M. ushlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!