Jizzaxda ikki fuqaro noqonuniy baliq ovlab, tabiatga salkam 106 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi

Jizzaxda ikki fuqaro noqonuniy baliq ovlab, tabiatga salkam 106 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi

Tabiat resurslari vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari hamkorligida nazorat reyd tadbirini o‘tkazdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tadbir davomida Sirdaryo viloyati Sardoba suv omboridan fuqarolar S.Q. va SH.E. o‘zlariga tegishli bo‘lgan 2 dona rezina qayiq, 4 dona eshkak va 4 dona 320 metrli taqiqlangan baliq tutish quroli, ya’ni leskali to‘r yordamida jami 6 turdagi 388 dona baliqni noqonuniy ravishda ovlagani aniqlangan.

Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, hayvonot dunyosiga yetkazilgan 105 million 870 ming so‘m zarar miqdori belgilangan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!