Jizzaxda bola harakatlanayotgan attraksiondan yiqilib tushdi

A A A
Jizzaxda bola harakatlanayotgan attraksiondan yiqilib tushdi

Jizzax shahridagi O‘rda istirohat bog‘ida noma’lum shaxs harakatdagi attraksiondan yiqilib tushgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va profilaktika inspektorlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi, deya xabar bermoqda Jizzax viloyati FVB Matbuot xizmati.

Joriy yil 1 iyun kuni soat 20:00 atrofida Paxtakor tumanida yashovchi 2007 yilda tug‘ilgan M.O‘. oila a’zolari bilan birgalikda Jizzax shahrida joylashgan "O‘rda ekologik istirohat bog‘i"ga aylanish uchun borgan.

Voyaga yetmagan shaxs attraksionda uchish vaqtida operatorlarning ogohlantirishlariga qaramasdan, o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida attraksion to‘liq to‘xtamasdan himoya kamarini yechib yuborib, yiqilgan.

Bola attraksiondan yiqilishi natijasida hech qanday tan jarohati olmagan va mazkur holat sodir bo‘lgan vaqtda attraksionda nosozliklar bo‘lmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!