Jizzaxda bir nechta uyni suv bosdi

Jizzaxda bir nechta uyni suv bosdi

 Sharof Rashidov tumanidagi Ulug‘bek va Navoiy ko‘chalarida bir necha xonadon suv ostida qolgan (suratda).

FVV xabariga ko‘ra, toshqinga mahalla hududida oqib o‘tuvchi ariqning suv miqdori ko‘paygani va ko‘prikka turli chiqindilar yig‘ilishi sabab bo‘lgan.

Bu haqda Qatortol MFY aholisi FVBga murojaat qilgan. Ishchi guruh voqea joyiga yetib borib, maxsus texnikalar yordamida ko‘prikning suv o‘tkazish jihatini qayta tiklagan.

Natijada mahalla aholisi va ularning mulkiga ziyon yetmagani aytilgan.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!