Jizzaxda aka-uka 18 yoshli yigit bilan janjallashdi

Jizzaxda aka-uka 18 yoshli yigit bilan janjallashdi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida aka-uka 18 yoshli yigit bilan janjallashdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat joriy yilning 27 sentyabr kuni soat 17:45 larda Sharof Rashidov tumani “Saraylik” MFYda sodir bo‘lgan. 1987 yilda tug‘ilgan Z.F uning ukasi, 1991 yilda tug‘ilgan X.S hamda shu 2006 yilda tug‘ilgan M.R.lar o‘zaro janjallashishib, bir-biriga tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda Z.F “bosh miya chayqalishi” tashxisi bilan tibbiyot markazi neyrohirurgiya bo‘limiga yotqizilgan. Uning ukasi X.S. va fuqaro M.R birinchi tibbiy yordam olgan.

Hozirda holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yakunda aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!