Jizzax viloyati IIB Xitoy fuqarosini qidiruvga berdi

Jizzax viloyati IIB Xitoy fuqarosini qidiruvga berdi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi 1994 yil Xitoy Xalq Respublikasida tug‘ilgan XXR fuqarosi Chen Lin Bingni qidiruvga berdi.

IIB xabariga ko‘ra, u Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Ardaxshon mahallasi hududida joylashgan “FESTON” XSI MCHJ yotoqxonasida yashagan.

Chen Lin Bing O‘zbekiston Respublikasi JKning 184-moddasi (Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) 3-qismi xamda 189-moddasi (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun Sharof Rashidov tumani IIB tomonidan qidirilmoqda.

Ushbu shaxs to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar ichki ishlar organlariga yoki +99872-342-12-02, +99872-342-10-68, +99872-226-03-02, +99893-290-02-30 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishi so‘ralgan.

IIB axborotida aytilishicha, ma’lumot bergan fuqaroning shaxsi sir tutiladi va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!