"Jenoa" safiga o‘tgan Eldor Shomurodov bilan katta intervyu

A A A
"Jenoa" safiga o‘tgan Eldor Shomurodov bilan katta intervyu

Eldor Shomurodovning Italiyaga ko‘chib o‘tishi ortda qolgan transfer oynasining eng kutilmagan voqealaridan biri bo‘ldi. Sentyabr oyining oxirida «Jenoa» «Rostov»ga taklif bilan chiqdi, bir necha kundan so‘ng esa bu kurashga «Verona» va «Fiorentina» ham qo‘shildi. Tabiiyki, raqobatdan g‘olib chiqish uchun genuyaliklar taklifni yaxshilashga majbur bo‘ldi va yakunda Eldor transferini amalga oshirishga erishdi.

Rossiyaning Sport24 nashri Eldor Shomurodov bilan intervyu uyushtirib, undan «Rostov»dagi murabbiyi Valeriy Karpin, bolaligi va amalga oshgan orzulari haqida so‘radi. «Daryo» esa o‘quvchilarga mazkur intervyuni o‘zbek tilida taqdim etadi.

— Shartnoma imzolagandan so‘ng terma jamoaga ixtiyoriga qo‘shilgandingiz. Hozir qayerdasiz?

— Istanbuldaman, aeroportda. «Jenoa» federasiyaga murojaat qilib, tezroq jamoaga qo‘shilishim va kundalik masalalarni hal qilishim uchun meni qo‘yib yuborishni so‘radi. Misol uchun turar joyni ijaraga olish masalasi. Bunga imkoniyat yaratib bergani uchun Vadim Abramov va butun murabbiylar shtabidan minnatdorman. Albatta, agar rasmiy o‘yinlar bo‘lganida, erta ketish haqida gap-so‘z ham bo‘lmasdi.

— Siz va «Jenoa». Bu qanday sodir bo‘ldi?

— Hammasi juda tez sodir bo‘ldi. Qahhor Mo‘minov (Eldorning agenti) qo‘ng‘iroq qilib, shunday variant borligi va uni ko‘rish chiqish kerakligini aytdi. Men darhol rozi bo‘ldim. Boisi bolaligimdan Yevropada o‘ynashni orzu qilardim. Boshidan bunga intilardim. Qaysi mamlakat yoki jamoada bo‘lishining ahamiyati yo‘q, shunchaki o‘zimni o‘sha yerda sinab ko‘rishni va nimalarga qodirligimni ko‘rishni xohladim.

 Ko‘pchilik so‘nggi pallagacha «Manchester Yunayted» va «Barselona» kabi jamoalardan takliflarni kutadi. Ularning aytishicha, top bo‘lmagan klubga borishdan ma’ni yo‘q va undan ko‘ra Rossiyada qolgan yaxshiroq.

— Top klublar taklifini kutishdan foyda yo‘q. Siz faqat vaqtingizni yo‘qotasiz, xolos. Men ham «Rostov»da qolishim mumkin edi, menga u yerda hamma narsa yoqar va juda qulay edi. Ammo Yevropa haqidagi o‘ylar miyamda azaldan to‘planib kelgan. Shu tariqa imkoniyat paydo bo‘lishi bilan unga rozi bo‘ldim.

— So‘nggi daqiqalarda «Verona» va «Fiorentina» sizni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Siz ushbu variantlarni ko‘rib chiqdingizmi yoki boshidan «Jenoa»ga e’tibor qaratganmidingiz?

— Bu haqida internet orqali bildim. O‘sha paytda «Jenoa» bilan muzokaralar yakunlangandi, biz so‘nggi detallarni muhokama qilayotgandik. Boshqa variantlar haqida o‘ylamayotgan ham edim.

— Ushbu yozda sizda boshqa takliflar ham bormidi?

— Ispaniyadan, Belgiyaning «Genk»idan takliflar bo‘ldi. Bungacha, yil boshida «Shtutgart» (Germaniya — «Daryo») varianti ham bor edi.

 «Jenoa» taklifi paydo bo‘lganida Karpin nima dedi?

— Men darhol unga o‘zimni sinab ko‘rmoqchi ekanligimni aytdim. U esa meni futbolchi sifatida tushunishini, lekin murabbiy sifatida ketishimni xohlamasligini va «Rostov»da kerak ekanligimni aytdi. Shuningdek, u agar rahbariyat transferni ma’qullasa, bunga aralashmasligini va’da qildi. U va klubdan orzumni tushungani uchun judayam minnatdorman.

— Xayrlashuv videosida Karpin sizga «yig‘lama» dedi. Ayting-chi, rostanam yig‘lamadingizmi?

— Tan olaman, ko‘z yoshlarimni tiyib tura olmadim. Bir tomondan, orzularim amalga oshayotgandi, boshqa tomondan esa ketish juda qayg‘uli bo‘ldi.

— Instagram’da Karpin: «Arzimaydi, qiyshiqoyoq», – deb yozganiga qanday munosabat bildirdingiz?

— Juda yaxshi qabul qildim. Bu hazil ekanligini tushundim. Mashg‘ulot paytida men undan doimo shunday narsalarni eshitganman, bu odatiy hol. Karpin bilan doimo yaxshi munosabatda bo‘lganmiz. Masalan, ketishimdan oldin Valeriy Georgich kulib menga shunday dedi: «Sen, qiyshiqoyoqni kim ham buncha pulga olardi».

— «Spartak»da ko‘pchilik Karpinning hazillaridan ranjirdi.

— Men har doim hazilga ijobiy munosabatda bo‘lganman. Ammo Georgich bilan ko‘pincha jiddiy, hatto qattiq suhbatlar bo‘lardi. Men uni har doim haqiqatni aytgani uchun juda hurmat qilaman. Men hatto javob berolmasdim, chunki tushunardimki, Karpin o‘zi ham futbolchi bo‘lgan, agar u biron bir narsani maslahat bersa, uni eshitish va so‘raganini qilish lozim.

— Bir yil oldin siz u bahslashgan ekansiz: agar 4 ta uchrashuvda 3 ta gol ura olmasangiz, sochingizni kalga oldirardingiz, shundaymi?

— Ha shunday (kuladi). Garchi o‘zimni sochsiz qolishga ruhan tayyorlagan bo‘lsam-da, g‘olib bo‘ldim.

— Karpin qanday shartni bajarishi kerak edi?

— Hech qanday (kuladi). U shunchaki Horikka (Horen Bayramyan «Rostov» futbolchisi – «Daryo») yaqinlashdi va shunday dedi: «Agar ikkita gol urmasang, sochingni olib tashlaysan». Keyin esa menga qarab: «Sen esa uchta urasan», – dedi.

— «Jenoa»da 61-raqamni oldingiz. Bu Rostov viloyatining mintaqaviy kodi.

— Bu g‘oyani do‘stim taklif qildi. U shunday dedi: «Agar hali raqam tanlamagan bo‘lsang, 61-raqamni ol, bu bizning mintaqamizning kodidir, rostovlik muxlislar bundan xursand bo‘ladi». «Jenoa»da baribir 14-raqam band ekan, shuning uchun «Rostov» va klub muxlislariga minnatdorchilik bildirishni ma’qul ko‘rdim.

— Avvalroq sizdan Ronaldudan ko‘proq gol urasizmi, deb so‘rashdi. Plankani biroz tushiramiz: Miranchukdan (Rossiyalik futbolchi, yozda Moskvaning «Lokomotiv» klubidan «Atalanta»ga o‘tdi) ko‘proq gol urasizmi?

— Eshiting, gol urishdan avval raqobatda g‘olib chiqish kerak. Mening birinchi vazifam – tarkibda o‘z o‘rnimni egallashdir. Gollar soniga esa keyinroq aniqlik kiritamiz.

 Miranchuk bilan yozishmadingizmi?

— Rostini aytsam, u bilan tanish emasman. Ammo bu yerda, ehtimol, uchrashishimiz mumkin. Aleksey agentlar orqali menga SMS yubordi. Bu yoqimli bo‘ldi.

— Aytaylik, «Zenit» «Jenoa»dan yaxshiroq shartnoma taklif qilganida, baribir Italiyaga ketardingizmi?

— Men baribir ketgan bo‘lardim, chunki boshidanoq agentimga faqat Yevropaga ketishimni aytganman. Bungacha ham uzoq vaqt davomida Qatar, Saudiya Arabistoni va Xitoy klublaridan variantlar bor edi, lekin ularni ko‘rib ham chiqmadim. Men uchun pul asosiy narsa emas.

— «Jenoa»da maoshingiz «Rostov»dagiga qaraganda ko‘pmi?

— Ha.

— Italiyaliklar sakkiz oy ichida uchta gol urgan hujumchini sotib olganidan ko‘pchilik hayron bo‘ldi. Samaradorlik nima sababdan tushib ketdi?

— Oh, bu juda qiyin savol. Nima desam ham, bu bahona va o‘zimni oqlash bo‘lib ko‘rinadi. Menimcha, karantin ta’sir qildi. Bizni xonaga qamab qo‘yishdi va hech qayerga chiqishga ruxsat berishmadi – faqat trenajyor velosipedida ishladik va press mashqlarini bajardik. Bu har kimga har xil ta’sir ko‘rsatdi: kimdir tezda jismoniy holatini tiklagan bo‘lsa, men uchun juda uzoq vaqt ketdi.

— Karpin bunga sizning uylanganingizni sabab qilib ko‘rsatgandi.

— Hamma uylanadi-ku! Agar shunday bo‘lsa, hamma sekinlashishi kerak (kuladi). Menimcha, bu ta’sir qilmaydi.

— Uylanishdan oldin Omina (Eldorning rafiqasi) bilan qancha uchrashdingiz?

— Ikki oy.

— Oho...

— Ha. Uylanish vaqti keldi deb qaror qildim. Kelin qidirdim va men uni topdim.

— Yevropani orzum deb aytdingiz. Bolaligingizda Italiyada o‘ynayman deb tasavvur qilganmidingiz?

— Orzu qilishim mumkin edi, biroq tasavvur qila olmasdim. Yaqin vaqtgacha Rossiya chempionatining yulduzlarini ham faqat televizorda ko‘rardim. Esimda, «Rostov»ga kelishim bilan meni «Zenit»ga qarshi o‘yinda tushirishgan.O‘shanda Branislav Ivanovich «Zenit»da o‘ynardi. Bolaligimdan «Chelsi»ning muxlisiman va uning «ko‘k»lar safidagi o‘yinlarini televizorda tomosha qilardim.

— A Seriyani ham tomosha qilarmidingiz?

— To‘g‘risini aytsam, kamdan kam futbol tomosha qilaman. Faqat Chempionlar Ligasi yoki «Chelsi» o‘yinlarini ko‘raman.

— Qanday qilib futbol o‘ynashni boshlagansiz?

— Oilam futbol oilasi. Dadam, ikki amakim va akam futbolchi bo‘lgan. Bobom esa murabbiy. Dadam ham hujumchi edi. Esimda yo‘q, lekin u yaxshi o‘ynagan deyishadi. Afsuski, jarohatlar tufayli faoliyatini erta yakunlagan. Amakim «Nasaf» bilan OFK Kubogini, «Bunyodkor» bilan esa O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan. Men olti yoshimdan mashq qilishni juda xohlardim, lekin ular faqat birinchi sinfdan boshlab ruxsat berishgan. Men yetti yoshga to‘lguncha kutishim kerak edi. 12 yoshimda esa meni «Mash’al» akademiyasiga olib borishdi. Bu O‘zbekistondagi birinchi raqamli akademiya.

— «Chelsi»ga muhabbatingiz qayerdan paydo bo‘lgan?

— Ochig‘ini aytsam, bilmayman ham. Menimcha, hammasi bolaligimda «Chelsi» formasini olib berishganidan keyin boshlangan. Fernando Torres va Drogbaning o‘yinlarini yoqtirardim.

— O‘zbekistonda bir safar Rivaldoning qo‘lidan yetaklab chiqqan ekansiz.

— «Mash’al» akademiyasida o‘ynaganimda, amakim Ilhom asosiy tarkibda o‘ynardi. Men har doim uning qo‘lidan ushlab maydonga chiqardim. Ammo bir safar «Bunyodkor» futbolchilari bilan chiqishimiz kerak bo‘lib qoldi. U o‘sha paytda «Quruvchi» deb nomlanardi. Menga esa Rivaldo tushib qoldi. Rosa hayajonlanganman, ochig‘i bunga ishona olmaganman.

— O‘zbekistondan Italiyaga uchib ketdingiz. Keyingi safar kelganingizda, o‘zingiz bilan qancha «Jenoa» libosini olasiz?

— Oh, hatto tasavvur ham qila olmayman. Kattagina sumka olsam kerak. Menimcha, bu mening qanday o‘ynashni boshlashimga bog‘liq bo‘ladi. Agar yaxshi o‘ynasam, chamadon ham yetmasa kerak. Yomon o‘ynasam, hech kimga mening futbolkalarim kerak bo‘lmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчи Винисиус Жуниор талабларини бажармоқчи эмас.

Manba: "Real" ertaga g‘alaba qozonmasa, Alonso ketadi. Uning o‘rnini kim egallashi ham ma’lum

Мадриднинг "Реал" клуби бош мураббийи Хаби Алонсо 14 декабрь куни бўлиб ўтадиган "Алавес"га қарши сафар ўйинида ғалаба қозонмаса, истеъфога чиқарилади.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Tramp Lotin Amerikasiga zarbalar berishni e’lon qildi

АҚШ президенти Доналд Трамп Қўшма Штатлар армияси наркотик савдосига қарши ҳарбий кампанияни кенгайтиришини ва Лотин Америкасида қуруқликдаги нишонларга зарбалар бера бошлашини маълум қилди.

Diario AS: Yurgen Klopp "Real" borasida bir qarorga keldi

"Ливерпуль"нинг собиқ устози Юрген Клопп катта эҳтимол билан "Реал"ни бошқармайди.

Germaniya kansleri Putinni Gitlerga qiyosladi

Агар Украина таслим бўлса, уруш шу билан тўхтамайди.

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.

Qozog‘istonda 52 kishi poyezdda is gazidan zaharlandi

«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.

Sem Altman bola tarbiyasini ChatGPT’siz tasavvur qila olmaydi

Альтман болаларни ҳеч қачон сунъий интеллектдан “ақллироқ” бўлмаслигини, лекин улар олдинги авлодга нисбатан анча қобилиятли бўлиб ўсишини таъкидлади.

Samarqandda IIB xodimi o‘smirning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Булунғур тумани ИИБ профилактика инспектори жиноий жазога тортилди. Унга нисбатан қўзғатилган жиноят иши ЖИБ Пайариқ туман судида кўриб чиқилиб, ҳукм ўқилди.

Rutte: NATO mamlakatlari "Yaqinlashib kelayotgan Rossiya tahdidi"ni sezmayapti

Бу ҳақда Reuters агентлиги унинг Мюнхен хавфсизлик конференциясидаги нутқини эълон қилди.